Andijon davlat texnika institutida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo’jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” seminar tashkil etildi.

Tadbirda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’limi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholi va qishloq xo’jaligini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, tayyorgarlik jarayonlarining hozirgi holati, ro‘yxatga olishlarni o’tkazish bo’yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari to’g’risida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

