Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida savol-javoblar

Aholini ro‘yxatga olish nima uchun zarur?

JAVOB

Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu – davlat miqyosida amalga oshiriladigan ishdir. Buning natijasida mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati” paydo bo‘ladi.Aholini ro‘yxatga olish mustaqil respublikamizda tarixiy voqea hisoblanadi, lekin deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida muntazam amalga oshiriladigan tadbirdir. O’zbekiston Respublikasida umumiy aholini ro‘yxatga olish tadbiri birinchi marta 2022 yilda bo‘lib o‘tadi.Ikkinchidan, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarni tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.Uchinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Mazkur tadbir dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Aholini ro‘yxatga olish butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.

O’zbekiston hududida birinchi aholini ro‘yxatga olish tadbiri qachon o‘tkazilgan?

JAVOB

O’zbekiston hududida birinchi umumiy aholini ro‘yxatga olish 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan.Ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O’zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.O’zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Birinchi marta aholini ro‘yxatga olingandan beri O’zbekistonda aholi soni qanchaga o‘zgardi?

JAVOB

O’zbekistonda birinchi marta aholini ro‘yxatga olingandan beri aholi soni 7,3 martaga ko‘paydi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri qaysi me’yoriy- huquqiy hujjatga asosan o‘tkaziladi?

JAVOB

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. 2020 yil 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun quyidagilarni nazarda tutadi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsadi, tartibi, davri va muddatlarini aniqlash; zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish va tashkil etish; aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ishtirok etuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarni ushbu jarayonlarga qatnashishi uchun aniq mexanizmlar va ularning mehnatiga haq to‘lash manbalarini belgilash; yakuniy natijalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni keltirib o‘tish inobatga olinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirini kim o‘tkazadi?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olish O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yagona statistika uslubiyat asosida o‘tkaziladigan, belgilangan sanaga qadar aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini aniqlovchi ma’lumotlarni yig‘ish, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, yakuniy ma’lumotlarni keng ommaga tarqatish va undan foydalanish jarayonidir. Bu tadbirda nafaqat statistika organlari, balki respublikaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ham bevosita ishtirok etadilar. Jumladan: O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallarning (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejasi, ma’muriy tumanlar xaritasi) tayyorlanishini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi aholini ro‘yxatga olish varaqalarini va boshqa hujjatlarni saqlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning yig‘ma hujjatlarini qayta ishlangandan so‘ng doimiy saqlanishini yuritadi. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagilarni amalga oshiradi: aholini ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslarning to‘liq xavfsizligi va ro‘yxatga olish materiallarining saqlanishini ta’minlaydi; ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida aholini ro‘yxatga olish organlarining binolari va yuklarini qo‘riqlashni amalga oshiradi; aholini ro‘yxatga olish organlari bilan birgalikda, ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni berishdan bosh tortgan yoki korxona va tashkilot hududiga kiritishga to‘sqinlik qilgan shaxslarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari zimmalariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ular quyidagilarni amalga oshiradilar: ro‘yxatga olish tadbiriga jalb etilgan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolar hamda aholini ro‘yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo‘riqlanadigan binolar ajratadi; aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini zarur transport va aloqa vositalari bilan ta’minlaydi; davlat kadastri va davlat statistika organlari bilan birgalikda, doimiy yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda aholi punktlarining to‘liq ro‘yxatini tuzadilar.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishda qaysi moliyalashtirish manbalaridan foydalaniladi?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko‘zda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi va boshqa mas’ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolarini o‘tkazish va tender hujjatlarni rasmiylashtirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarni olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatga haq to‘lash, maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston uchun shuncha pul sarflab aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish qanchalik muhim?

JAVOB

Ishonchli axborot hukumatning turli darajadagi qisqa va uzoq muddatli dasturlarni belgilash, zarur prognozlarni samarali ishlab chiqish uchun aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari kerak. Ma’muriy birlik hududida aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqaruv tizimini optimallashtirish, shuningdek, ijtimoiy sohani aniq va samarali foydalanishni ta’minlaydi. Masalan, byudjet xarajatlarini kamaytirish uchun subvensiyalar hajmi ma’lum bir hududda yashovchi aholi soni va tarkibi asosida aniqlanadi. O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish istagi zamonaviy iqtisodiyotning asosiy manbai – mamlakatning inson salohiyati haqida bilmasdan amalga oshirilmaydi albatta. Bizning vazifamiz mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali kuchliroq bo‘lishdir. Buning uchun aholining tarkibi, uning iqtisodiy faolligi, ta’lim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Misol uchun, mamlakatda qancha odam borligi haqida bilishgina emas, balki migrantlar qayerdan va qayerga ketayotganligini bilishimiz kerak.

Shu vaqtgacha e’lon qilib borilayotgan aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanday shakllantirilmoqda yoki qanchalik haqiqatga yaqin?

JAVOB

Joriy hisob vazirliklar birlamchi idoraviy hujjatlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, uning natijalari kelgusi o‘n yil mabaynida aholi soni, yosh-jins tarkibini baholash uchun yagona dastlabki axborot bazasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Keyingi yil boshida aholi sonini baholash oxirgi aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida hisoblab chiqiladi, unga har yili mintaqa hududida tug‘ilganlar va kelganlar soni qo‘shiladi va ushbu hududda vafot etganlar va ko‘chib ketganlar soni ayriladi. Davlat hokimyati organlari, birinchi navbatda aholi soni va yosh tarkibi bo‘yicha asosiy byudjet ko‘rsatkichlari haqda ma’lumotga katta ehtiyoj sezmoqda. Aholi sonini joriy baholash hozirgi vaqtda faqat ma’muriy-hududiy bo‘linmalar bo‘yicha – shahar, shahar qishloq aholisining ma’muriy hududi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish tadbirida qatnashishdan bosh tortganlik uchun O’zbekistonda fuqarolarning javobgarligi mavjudmi? Boshqa davlatlardachi?

JAVOB

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida umum milliy aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish majburiydir. Har bir fuqaroning aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishiga bo‘lgan ehtiyojining yagona argumenti insonning o‘zi haqida ma’lumotga muhtoj bo‘lgan jamiyatning bir qismi ekanligini anglashidir. Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish “inson va fuqaroning ijtimoiy burchidir” Bir qator mamlakatlarda: AQSh, Buyuk Britaniya, Chexiya respublikalarida - qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jarimaga tortiladi. Turkiyada aholini ro‘yxatga olish kuni (bir kun) mamlakatning barcha aholisi uydan chiqib ketishi taqiqlanadi, shuning uchun ular aholini ro‘yxatga oluvchilarni kutishadi. Boliviya hukumati chegaralarni yopib, shaharlarda poyezdlar harakati va jamoat transport harakatini bekor qiladi va aholini uydan chiqmaslikka buyruq beradi. Argentina va Chilida qonun bilan aholini ro‘yxatga olish kuni barcha ko‘ngilochar joylar, do‘konlar, restoranlar va xizmat ko‘rsatish korxonalarining eshiklari yopiladi. Mamlakatimiz tarixida aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etmaslik uchun faqat bir marta jazo belgilanadi. 1939 yilda, birinchi marta aholini ro‘yxatga olish amaliyotida, ro‘yxatga olishdan bosh tortish uchun jinoiy jazo choralari joriy etilgan. SSSR xalq komissiyalar kengashining boshpanasiz aholini ro‘yxatga olish va ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi maxsus norasmiy farmoni qabul qilingan. Keyinchalik qaror bekor qilingan.

Aholini hisobga olish davri nima?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olishni aniq bir muddatda o‘tkazish. Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha kun davomida o‘tkazilsa ham, ma’lumotlar aniq bir vaqtda – ko‘pincha aholini ro‘yxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati bo‘yicha qayd etiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi. Masalan, chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tug‘ilgan bo‘lsa, u aholi ro‘yxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi ro‘yxatiga kiritiladi.

Aholini ro’yxatga olish varaqlari – savolnomalarga fuqarolar millati to‘g‘risidagi savollar nima uchun qo‘shilgan?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olish aholining milliy tarkibi bo‘yicha yagona axborot manbai hisoblanadi. Hozirgi vaqtda aholini milliy tarkibi haqida ma’lumot to‘plashning boshqa usuli yo‘q. Mamlakatimizda turli xil millat va elat, etnik guruh vakillari istiqomat qiladilar. Fuqaroldarning millati to‘g‘risida ma’lumotlarni ro‘yxatga olishda faqat ularning so‘zlariga asoslanadi. Har bir insoni o‘z tarbiyasi va dunyoqarashiga muvofiq o‘z fuqaroligini aniqlash huquqiga ega.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirida necha yoshdan boshlab ro’yxatga olish mumkin?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olishda yoshidan qat’iy nazar, mamlakatning barcha aholisi hisobga olinishi kerak. Oilaning yoshi katta a’zolari voyaga yetmagan a’zolari haqida ma’lumot beradilar.

Uyiga begonani kiritishni xohlamaydigan kishilar ro‘yxatga olishda qanday ishtirok etishi mumkin?

JAVOB

Ba’zi holatlar tufayli ro‘yxatdan o‘tuvchilar bilan yashash joylarida uchrashish imkoni bo‘lmasa yoki xohishi bo‘lmasa, doimiy ro‘yxatga olingan joylarida tashkil etilgan statsionar uchastkalarida ro‘yxatga olishdan o‘tishlari mumkin. Bunday joylar iloji boricha tuman markazlarida tashkil etiladi va har bir fuqaro uchun ochiqdir. Statsionar uchastkalar joylashuvi oldindan e’lon qilinadi.

Harbiy xizmatdagi aholi qanday ro’xatdan o’tadi

JAVOB

Bunday shaxslar harbiy xizmatni o‘tash joyilarida ro‘yxatga olinadilar.