Samarqand davlat chet tillari institutida “Aholini ro`yxatga olish”ga doir seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 28- yanvar kuni Samarqand shahrida joylashgan Samarqand davlat chet tillari institutida “Aholini ro`yxatga olishning dolzarbligi” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

Unda viloyat statistika boshqarmasining Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi mutaxassislari, universitet mutasaddilari, o`qituvchi hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilarga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

 Axborot xizmati