Joriy yilning 15- yanvar kuni Andijon viloyati Xo`jaobod tuman hokimligida respublika ishchi guruhining aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik bo`yicha olib borgan o`rganish natijalariga bag`ishlangan yig`ilishi o`tkazildi.

Malumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Аndijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilandi.


Davlat statistika qo`mitasi Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumotlar berildi.

Davlat statistika qo`mitasi vakillari va hududiy statistika organlari mas`ullaridan iborat ishchi guruh Xo`jaobod tumani aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalarini qayta o`rganib chiqmoqdalar.
O`rganishlar davomida mahalla va aholi punktlari chegaralarining aniqligi, ko`chalar nom belgilarining o`rnatilganligi, uy va xonadonlarning raqamlanganligi o`rganilmoqda.

Shuningdek, joylardagi mahalla fuqarolariga aholini ro`yxatga olishning mazmun-mohiyati, undan ko`zlangan maqsad hamda mamlakatimizning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutadigan o`rni xususida tushunchalar berilmoqda.
Axborot xizmati

