Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Joriy yilning 23- dekabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan tadbir o`tkazildi.

Seminarda Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

Aholini ro`yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo`lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o`tildi. Xususan, tuman kadastr bo`limi hamda mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi birgalikda har bir aholi punktining xaritasi va sxematik rejasi, undagi uy va xonadonlarning to`liq aks ettirilishi, mahalladagi uy xo`jaligi  va aholi soni to`g`risidagi ma`lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borishi muhimligini ta`kidladi.  

 

Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro`yxatga olish varag`i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati