Aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi

Joriy yilning 21- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tarmoq, tuman va shahar statistika bo`limlari boshliqlari ishtirokida navbatdagi seminar-yig`ilish bo`lib o`tdi.

Seminarda Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

Seminarda, 2023- yilda o`tkaziladigan aholini ro`yhatga olishning tashkiliy rejasini tuzish maqsadida olingan aholi punktlarining sxematik rejalari, manzilli ro`yxatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir bor aniqlik kiritilishu lozimligini ta`kidlab o`tdi.

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

                                                                                                                                                                                                Axborot xizmati