Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi  710- sonli qaroriga muvofiq 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.   

Samarqand viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan Samarqand shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mudiralari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro`yxatga olish tadbiri ilk bor o`tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko`rish va uni sifatli o`tkazish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- son qarori bilan respublikamizda aholini ro`yxatga olish tadbiri 2023- yilda o`tkazilishi belgilanligi haqida ma`lumot berildi.

Mutaxassislar aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berishdi.

 

                                                                                                       Axborot xizmati