Madaniyat vazirligida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilangan.

Mazkur muhim tadbir yuzasidan Madaniyat vazirligida o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarida Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdulaziz Abduvaliyev, shuningdek, O‘quv-uslubiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Maqsuda Ahmedova maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirishning asosiy tashkiliy bosqichlari, idoralararo hamkorlik masalalari hamda aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.