Urganch garnizoni harbiy qismida seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida"gi PF-173-son Farmoni ijrosi doirasida joylarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga qarashli Urganch garnizonida joylashgan jarayonning mamlakatimiz hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda ushbu jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati tushuntirildi. Aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazishda harbiy xizmatchilarning faol ishtiroki muhimligi alohida ta’kidlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarining amaliyotda qo‘llanilishi tushuntirildi.