Aholini ro’yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik yuzasidan Toshkent viloyati Bekobod tumani 16-musiqa maktabida seminar o’tkazildi

Joriy yilning 9- dekabr kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani statistika bo‘limi tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Bekobod tumandagi 16-musiqa maktabida tashkil etilgan tadbirda 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 710– sonli qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Mutaxassislar aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berishdi.

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Axborot xizmati