Mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, ushbu jarayonda barcha hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari faol ishtirok etadi. Shu munosabat bilan joylarda tayyorgarlik jarayonlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. Turaxujayev, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M. Achilov Urganch tumaniga tashrif buyurib, tumanda ro‘yhatga olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar. Aholini ro‘yhatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari, bu jarayonda barcha ishtirok etishi haqida so‘z yuritildi.

Tashrif davomida ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berilib, jarayonning sifatli o‘tishi uchun mahallalardagi mas’ullar zimmasiga yuklatilgan vazifalar yana bir bor eslatib o‘tildi.

Shuningdek, Arboblar mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga planshet qurilmalari orqali savolnomalarni to‘g‘ri, aniq va tizimli ravishda qayd etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Mahalla xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida ro‘yxatga olish jarayonidagi texnik va tashkiliy jihatlar batafsil tushuntirildi.

Tadbir yakunida jarayonni samarali tashkil etish, aholining xabardorligini oshirish hamda barcha bosqichlarni izchil nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

