Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng va samarali yoritish hamda aholining xabardorligini oshirish maqsadida joriy yilning 12 noyabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida OAV vakillari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.


Seminar BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi, xalqaro tashkilotlar ekspertlari va OAV vakillari ishtirok etdi. O‘quv-seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyati, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri, axborotlarni to‘g‘ri va xolis yoritish usullari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.


Bu kabi tadbirlar mamlakatimizda 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar bo‘lib o‘tadigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida OAV faolligini oshirish, aholining xabardorligini yuksaltirish hamda jamoatchilikning ushbu muhim jarayondagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.


