Namangan shahrida ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi O‘rmon agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Qarshiboyev G‘ofurjon Yaxshiboyevich boshchiligidagi ishchi guruh Namangan shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

photo_5217897459894390091_y-1_p91964

Tashrif davomida ro‘yxatga olishga oid shtab faoliyati, mavjud sharoitlar, hududiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik darajasi hamda tayyorgarlik jarayonlarining samaradorligi atroflicha o‘rganildi.

photo_5217897459894390090_y-1_p65342

Shuningdek, aholining ro‘yxatga olishdagi faolligini ta’minlash, tadbirning mazmun-mohiyati va maqsadlari bo‘yicha olib borilayotgan tushuntirish ishlari muhokama qilindi.

photo_5217897459894390089_y-1_p29129