Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Marg‘ilon shahridagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq joylarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Tashrif davomida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Suyunov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. “Yovqochar”, “Pichoqchi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan shtablar faoliyati o‘rganildi.

Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarning tayyorgarlik darajasi, shuningdek aholi bilan o‘zaro hamkorlikning amaldagi tizimi o‘rganildi. Tashrif natijalariga ko‘ra tegishli tavsiyalar berildi. Ishlarni tashkil etish ustidan nazoratni kuchaytirish va ularni bajarish sifatiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taklif etildi.