Sariosiyo tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik izchil davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvar 28-fevral kunlari aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

Bugun, Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazir o‘rinbosari N.Kadirov boshchiligida tuman shtabi faoliyati, jumladan tumanda ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari, mavjud sharoitlar hamda aloqador tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik darajasi atroflicha o‘rganildi. Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari, bu jarayonda barcha ishtirok etishi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tuman shtabi mas’ullari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha biriktirilgan idora va tashkilotlarning xodimlari bilan uchrashib, ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qilinib, mas’ullarga topshiriqlar belgilab berildi.