Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov, tuman hokimining o‘rinbosarlari N.Shamsiyev, O.Rixsiboyev, D.Rasulmuxamedova, shuningdek, tuman tashkilotlari, korxona va muassasalari rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.
Majlisda Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, aholini ro‘yxatga olish jarayonida aniqlik, shaffoflik va tizimlilikni ta’minlash, shu orqali davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida mavjud muammolarni tahlil qilish, zarur tashkiliy choralarni belgilash, sohalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Mutasaddi rahbarlarga farmon ijrosini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi. Tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan joylarda aholining xabardorligini oshirish, ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini kuchaytirish hamda har bir mas’ul tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.








