Xiva shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda

2026-yil 15- yanvardan 28-fevralga qadar respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi va ushbu tadbirga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.

photo_5204069623702622008_y_p54505

photo_5204069623702622007_y_p61822

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o'rinbosari S.Abdullayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B. Matnazarov Xiva shahriga tashrif buyurib, shaharda ro'yhatga olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar. Aholini ro'yhatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari, bu jarayonda barcha ishtirok etishi haqida so'z yuritildi.

photo_5204069623702622011_y_p17077

photo_5206634595351657988_y_p32882

Shuningdek, Sangar va Yangi hayot mahallalari yettiligi bilan suhbat o'tkazildi. Mahalla xodimlariga planshet qurilmalarida savolnomalarni to'g'ri va aniq qayd etish bo'yicha tavsiyalar berildi.