“Аholini ro’yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik yuzasidan seminar o’tkazildi

Joriy yilning 1-dekabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish” bo’limi xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2020 yildagi 710-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Samarqand shahar 1-sektorida Mahalla fuqorolar yig’ini raislari ishtirokida seminar yig’ilish o’tkazildi. Qarorda belgilangan chora-tadbirlar asosida kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha tegishli topshiriqlar belgilab berildi.

Jumladan ushbu Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1-25-noyabr kunlari o’tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021-yil 1-25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi to’g’risida ma’lumot berilib amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida tushuntirishlar berildi.

  

Ushbu mavzu doirasida qatnashchilarni sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar, aholini roʻyxatga olish tartibi, roʻyxatga olish bosqichlari bilan tanishtirildi.

Qatnashchilar tomonidan o‘zlari uchun qiziqarli va muhim hisoblangan savollariga tegishli javoblar olishdi. Joylarda shu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish davom etmoqda.