Aholini ro‘yxatga olishni o’kazishga tayorgarlik ko’rish jarayonlari bo’yicha seminar tashkil etildi.

                Joriy yilning 30 noyabr kuni “Qashqadaryo OAV milliy Assosasiyasi MCHJ”ning anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari va Viloyat OAV muhbirlari, jurnalistlar va bloggerlar bilan birgalikda seminar o‘tkazildi.  

      

        Seminarda statistika boshqarmasi boshlig’ o‘rinbosari  Shuxrat Tayloqov so’zga chiqib, Аholini ro’yxatga olish ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar, davlatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va aholini bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o’rganish hamda ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun muhim hisoblanishi haqida tushunchalar berib o’tdi. 

    Shuningdek aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish tadbiri 2021- yil 1-25 noyabr kunlari Аndijon viloyatining Xo’jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida o’tkazilishi belgilanganligi ta’kidlab o’tdi. Matbuot anjumani davomida jurnalistlar, bloggerlar va ommaviy axborot vositalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.