G’ijduvon tumanida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 19- sentabr kuni Buxoro viloyat  G’ijduvon tuman hokimligida viloyat statistika boshqarmasi hodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda masala yuzasidan, boshqarmaning ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i M. Sharipov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5655- sonli Farmoni hamda 2020- yil 16- martdagi O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 611- sonli Qonuni to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdi.

Aholini ro'yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo'lib turganligini inobatga olgan holda joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o'tdi.

Shuningdek, o'quv-seminar qatnashchilari Aholini ro'yxatga olish varaqalari shakllari bilan tanishtirildi va ularni to'ldirish yo'riqnomasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Tadbir so’ngida, aholini ro’yxatga olishga tayorgarlik jarayonlarini borishi to’g’risida istirokchilar tomonidan berilgan savollarga, ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi xodimlari tomonidan javoblar berib o’tildi.

 

Axborot xizmati