Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida boshqarmaning Aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi, tuman statistika bo‘limi boshliqlari hamda masʼul xodimlar ishtirok etishdi.

Ushbu o‘quv-amaliy seminarni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari v.b A.Ibragimov ochib berdi. Joriy yilning 8-9 sentyabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida tashkil etilgan seminar va unda ko‘rilgan masalalar yuzasidan fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarmaning Ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O.Abduraxmanov so‘zga chiqib aholini rasmiy ro‘yxatga olish 1970 yil AQSH da boshlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida dastlabki aholini ro‘yxatga olish 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yil ham aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan. Ammo mustaqillikdan so‘ng bu kabi ishlar bajarilmaganligini taktidlab o‘tdi.

Prezidentimizning 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi taʼkidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar rejasi asosida tayyorgarlik ko‘rish. Aholini ro‘yxatga olish keng miqiyosdagi tadbir bo‘lganligi sababli tuman statistika bo‘limlari, maxalliy davlat hokimiyati organlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekanligi aytildi.

Aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllaridagi maʼlumotlarni kiritish, qayta ishlash va yakuniy maʼlumotlarni o‘z vaqtida olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilishi hamda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini to‘ldirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan qo‘shimcha seminar treninglar o‘tkazish maqsadga muvofiqligi takidlandi.

Seminar davomida qatnashchilar so‘zga chiqib o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 

Axborot xizmati