Buhoro viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Konsepsiyaning birinchi bosqichida berilgan dolzarb vazifalar ijrosi bo‘yicha o‘quv amaliy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5655-sonli Farmoniga muvofiq joylarda 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muxokamasi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan Buxoro viloyat statistika boshqarmasida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i U. Djumanazarov so‘zga chiqdi va 2020- yil 8-9 sentabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida o‘tkazilgan seminarda ko‘rilgan masalalar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4796-son Qaroriga muvofiq, boshqarmada yangi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi tashkil etilganligini seminar ishtirokchilariga ma’lum qildi va unda ishlovchi hodimlarni tanishtirib o‘tdi.

Shu bilan bir qatorda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Yusupov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5655- sonli Farmoni hamda 2020- yil 16- martdagi O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 611- sonli Qonuni to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdi.

Shundan so‘ng, boshqarmaning ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i M. Sharipov so‘zga chiqib, Respublika rahbariyati tomonidan aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha chiqarilayotgan farmon va qarorlarning joylardagi ijrosi, boshqarma hamda (shahar) tuman statistika bo‘limlari tomonidan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirayotgan targ‘ibot ishlari yuzasidan axborot berib o‘tdi. Bu masala tanqidiy o‘rganib chiqilib, mas’uliyatni yanada oshirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, yigilish ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga oid o‘zlarining qiziqtirgan savollariga bo‘lim xodimlari tomonidan javob oldilar.

Axborot xizmati