Surxondaryo viloyatida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Joriy yilning 16- sentabr kuni Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi boshligʼi U.I.Alimov boshchiligida boshqarma va hududiy bo’limlar uchun onlayn oʼquv seminar tashkil etildi.

Seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-sonli farmonida berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi, jumladan maxsus kommissiyalar tomonidan joylarda koʼchalar nomlari va xonadonlar tartib raqamlarini toʼliq shakllantirish, tuman va shaharlar boʼyicha mahallalar kesimida xaritalar tayyorlanishi yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shundan soʼng, boshqarmaning roʼyxatga olishni tashkil etish va oʼtkazish boʼlimi boshligʼi S.Ostonov soʼzga chiqib, Respublika rahbariyati tomonidan aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish boʼyicha chiqarilayotgan farmon va qarorlarning joylardagi ijrosi, boshqarma hamda (shahar) tuman statistika boʼlimlari tomonidan aholini roʼyxatga olish boʼyicha amalga oshirilayotgan targʼibot ishlari yuzasidan axborot berib oʼtdi. Bu masala tanqidiy oʼrganib chiqilib, masʼuliyatni yanada oshirish boʼyicha topshiriq va koʼrsatmalar berildi.

Davlat Statistika qoʼmitasi tomonidan ishlab chiqilgan roʼyxatga olish boʼyicha savolnomalar bilan tanishtirib, ularni toʼldirish boʼyicha tushuntirish berib oʼtdi hamda, har-bir ishtirokchiga savolnomalar tarqatilib, toʼldirish ishlari amaliyotda sinab koʼrildi.

Yigʼilish ishtirokchilari aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga oid oʼzlarining qiziqtirgan savollariga boʼlim xodimlari tomonidan javob oldilar.

Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4796-sonli qarorida yuklatib oʼtilgan vazifalar, shuningdek statistik maʼlumotlar sifatini oshirib borish va statistik maʼlumotlarni isteʼmolchilarga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlash toʼgʼrisida bir qator vazifalar berildi.

 

Axborot xizmati