Yozyovon tumanida aholini ro’yxatga olishni o’tkazishga ko’maklashish bo’yicha hududiy komissya yig‘ilishi

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Farg’ona viloyati Yozyovon tumani xokimining oʼrinbosari, Maxalla va oilani qoʼllab-quvvatlash Yozyovon tuman boʼlimi boshligʼi Z.Teshaboeva ishtirokida, “O’zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’grisida” PF- 5655-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan  seminar tashkil etildi.

 Seminarda Yozyovon tumani statistika boʼlimi boshligʼi А.Аrapov, bosh mutaxassisi А. Xakimov, tumandagi 33 ta MFY ning xodimlari ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-sonli farmonida belgilab berilgan topshiriq va vazifalarning ijrosi, jumladan maxsus komissiyalar tomonidan joylardagi ko’chalar nomlari va xonadonlar tartib raqamlarini to’liq shakllantirish, tuman bo’yicha mahallalar kesimida barcha aholini ro’yxatdan o’tkazilishi to’g’risida bir qator ma'lumotlarni berib o’tdi.

 Shuningdek Yozyovon tumani statistika boʼlimi boshligʼi А.Аrapov maʼruzasi davomida quyidagi maʼlumotlarni aytib oʼtdi. Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʼrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi. Seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

 

Axborot xizmati