Shirin shahridagi Energetika kollejida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Shirin shahridagi Energetika kollejida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan seminar o`tkazildi. 121022024shirin

221022024shirin

Seminarda Energetika kolleji moliya-iqtisod bo’yicha o’rinbosari – R.Abdaliev, talabalar hamda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislar ishtirok etishdi

 321022024shirin

Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

521022024shirin

Shuningdek, 2024-yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.

 721022024shirin

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.