Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish mavzusida seminar tashkil etildi.

Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

photo_5458915682918977588_y

Tadbirda viloyat Statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxasisi Qurbonov Avaz so‘zga chiqib, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berishdi.

photo_5458915682918977587_y

Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

photo_5458915682918977599_y

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

photo_5458915682918977596_y

photo_5458915682918977605_y

Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.