Avval xabar berilganidek, Qozogʻiston Respublikasining Ostona shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) “Sifatli ma’lumotlar – samarali siyosat” (CISPop) mintaqaviy dasturi doirasida MDH-STAT, AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi va UNFPA bilan birgalikda bo‘lib o‘tayotgan “Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatish” mavzusidagi seminar yakunlandi.

Ushbu seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Roʻyxatga olishni tashkil etish va ma’lumotlarni qayta ishlash bo’limi boshlig’i o’rinbosari Olimjon Sidiqov ishtirok etdi.


Seminarda kun tartibiga muvofiq aholini milliy ro‘yxatga olish natijalarini tarqatish shakllari va usullari, anonimlashtirilgan mikroma'lumotlar bazasining foydalanuvchilar uchun ochiqligi, aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatishda geofazoviy texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar muxokama qilindi.

Semenar kun tartibiga qoʻyilgan masalalar – qizgʻin baxs-munozalarga va muhokamalarga boy boʻldi.

