“Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatish” mavzusida seminar boʻlib oʻtmoqda

Qozogʻiston Respublikasining Ostona shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) “Sifatli ma’lumotlar – samarali siyosat” (CISPop) mintaqaviy dasturi doirasida MDH-STAT AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi va UNFPA bilan birgalikda  “Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatish” mavzusida seminar boʻlib oʻtmoqda. Seminar 2023-yil 13-iyulgacha davom etadi.photo1688970207

Ushbu seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Roʻyxatga olishni tashkil etish va ma’lumotlarni qayta ishlash  bo’limi  boshlig’i o’rinbosari Olimjon Sidiqov ishtirok etmoqda.

photo1688974439-1

Seminar kun tartibiga muvofiq aholini milliy ro‘yxatga olish natijalarini tarqatish shakllari va usullari, anonimlashtirilgan mikroma'lumotlar bazasining foydalanuvchilar uchun ochiqligi, aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatishda geofazoviy texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar muxokama qilinadi.

photo1688970680

photo1688974439-2

Semenar kun tartibiga qoʻyilgan masalalar – qizgʻin baxs-munozalarga va muhokamalarga boy boʻlishi kutilmoqda.

photo1688974439-3