Turkmaniston Respublikasi 2022-yil 17-27 dekabr sanalarida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazdi. Bu Turkmanistonning zamonaviy tarixida uchinchi aholini ro‘yxatga olish tadbiri edi. Undan oldin u 1995 va 2012 yillarda o‘tkazgan. Bu safar an’anaviy rejimda bo‘lib o‘tdi.
Ammo bu tadbir ilg'or texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazilgani bilan ajralib turdi. Aholini ro‘yxatga oluvchi xodimlar turar-joylarni aylanib chiqishda planshet qurilmalaridan foydalanishgan. Aholini ro‘yxatga olish savolnomasida 53 ta savol mavjud. Ular aholining jinsi, yoshi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi, millati, ma’lumoti, oila tarkibi, daromad manbalari, turmush sharoiti va boshqalar bilan bog‘liq.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida Turkmaniston Respublikasida maxsus ishlab chiqarilgan planshetlarda ro‘yxatga olish varaqlari to‘ldirilgan.


