Qirg‘iz Respublikasida aholini ro‘yxatga olish

Qirg‘iz Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2022-yil 25-martdan 3-aprelgacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari ro‘yxatga oluvchilarnng mobil telefonlariga o‘rnatilgan maxsus ilova orqali amalga oshirilgan.

Aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, Qirgʻizistonda doimiy aholi soni 2022-yil 25-mart holatiga koʻra 6,9 million kishini, jumladan, shahar aholisi 2,4 million kishini, qishloq aholisi esa 4,5 million kishini tashkil qilgan.

2009-yilda oʻtkazilgan aholini ro‘yxatga olishdan buyon o‘tgan o‘n uch yil ichida respublikaning doimiy aholisi soni 1,6 million kishiga yoki 29,3 foizga, jumladan, shahar aholisi 581 ming kishiga yoki 31,8 foizga, qishloq aholisi 992,3 ming kishiga yoki
28,1 foizga oshgan.

Milliy statistika qoʻmitasining nashrlar jadvaliga muvofiq aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishning batafsil natijalari, jumladan, aholining geografik, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari, tashqi va ichki migratsiya, oilalar va uy xo'jaliklari, shuningdek, uy-joy xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mavzuli toʻplamlar nashr etib boriladi.

kirgiziya-ichiga