Rossiya Federatsiyasida aholini ro‘yxatga olish

 2020-yil raundi doirasida Butunrossiya aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2021-yil 15-oktabrdan 14-noyabrgacha o‘tkazilgan.

2020-yilgi Butunrossiya aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida respondentlar “Internet” axborot-telekommunikatsiya tarmog‘i orqali “Yagona davlat xizmatlari portali”da aholini ro‘yxatga olish savolnomalarini elektron shaklda o‘zlari va oila a’zolari uchun mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. “Yagona davlat xizmatlari portali”da ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar bilan maxsus o‘qitilgan mutaxassislar planshet kompyuterlari yordamida aholini ro‘yxatga olish elektron savolnomalarini suhbat o‘tkazgan holda to‘ldirganlar.

Rosstat yakuniy ma’lumotlarni e’lon qildi va aholini ro‘yxatga olish natijalari Rosstatning rasmiy veb-saytida 11 jildda joylashtirilgan. Bu maʼlumotlarga koʻra, mamlakat aholisi 147,6 million kishini, jumladan, 68,7 nafarini erkaklar,
78,9 nafarini ayollar tashkil etadi.

Rossiyada urbanizatsiya jarayoni davom etmoqda: aholining 75 foizi yoki
110 milliondan ortiq kishi shaharlarda, 25 foizi qishloqlarda yashaydi. 2010 yilda shahar va qishloq aholisining nisbati mos ravishda 74% va 26% ni tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olishda mamlakatda doimiy yashovchi aholidan tashqari, Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha (bir yildan kam) bo‘lgan va chet elda doimiy istiqomat qiluvchi 349,1 mingga yaqin kishi ro‘yxatga olingan.