Qozog‘iston Respublikasida 2021-yil 1-sentabrdan 30-oktabrga qadar bo‘lgan muddatda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilgan. Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari 2021-yilning dekabr oyida (jami aholi soni, shahar va qishloq aholisi soni, erkaklar
va ayollar) e’lon qilingan, yakuniy ma’lumotlar esa 2023-yilning 1-choragida e’lon qilinadi.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari ma’lumotlarni to‘plashning ikkita usulidan foydalangan holda o‘tkazilgan:
- Internet orqali (www.sanaq.gov.kz, www.egov.kz);
- elektron planshetlardan foydalangan holda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra Qozog‘iston Respublikasi aholisi 19,1 million kishini tashkil qilgan. Jami aholining 11,7 million nafari (61,3 foizi) shahar aholisi, 7,4 million nafari (38,7 foizi) qishloq joylarida istiqomat qilgan.
Shu bilan birga, respublikada 9,3 million nafar erkak (48,7 %) va 9,8 million nafar ayol (51,3 %) ro‘yxatga olingan.

