Tojikiston Respublikasida aholisini ro‘yxatga olish

Tojikiston Respublikasida 2020-yil 1-15-oktabr kunlari aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilgan. Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari 2021-yilning birinchi yarmida besh ko‘rsatkich (jami aholi, shahar va qishloq aholisi, erkaklar va ayollar) bo‘yicha tayyorlangan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari ma’lumotlarni to‘plashning uchta usulidan foydalangan holda o‘tkazilgan:

- Internet-shakl (SMS xabar, www.aholi.tj veb-saytida);

- elektron planshet (3500 dan ortiq planshet);

- an’anaviy usul (qog'oz).

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston Respublikasi aholisi 2020-yil 1-oktabr holatiga 9,7 million kishini tashkil qilgan. Jami aholining 2,5 million nafari yoki 26,2 foizi shahar aholisi, 7,2 million nafari (73,8 foizi) qishloq joylarida istiqomat qilgan.

Shu bilan birga, respublikada 4,9 million nafar erkak va 4,8 million nafar ayol ro‘yxatga olingan.