Aholini ro‘yxatga olishning 2020-yil raundi doirasida Ozarbayjon Respublikasi aholini ro‘yxatga olish tadbirini 2019-yilning 1-10-oktabr kunlari o‘tkazgan. Unda aholini ro‘yxatga olish xodimlari tomonidan an’anaviy usuldan foydalanilgan holda, qog‘oz shaklida o‘tkazilgan.
Olingan materiallarni qayta ishlash va yakuniy natijalarni chiqarish 2022-yilning birinchi yarmida yakunlangan. Aholini ro‘yxatga olishda aholini ro‘yxatga olishning to‘liqligi va ro‘yxatga olish varaqalarini to‘ldirish sifatini tekshirishni ta’minlaydigan bir qator nazorat tartib-qoidalari amalga oshirilgan.
Tashkiliy reja asosida 720 ta ro‘yxatga olish, 6777 ta instruktorlik va 33907 ta hisob uchastkalari tashkil etilgan. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga 42844 nafar shaxslar jalb qilingan bo‘lib, shundan 1440 nafari ro‘yxatga olish uchastkasi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, 6777 nafari instruktor, 33907 nafari aholini ro‘yxatga oluvchi va 720 nafari zahiradagi ro‘yxatga oluvchilar bo‘lgan.
Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan, 2019-yil 1-avgust holatiga ko‘ra Ozarbayjon Respublikasi aholisi soni 10,3 mln kishini tashkil etgan. Shaharlarda mamlakat aholisining 52,8 foizi, qishloq joylarda 47,2 foizi yashagan. Erkaklar aholining 49,9 foizini, ayollar esa 50,1 foizini tashkil qilgan.

