Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik ishlari yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi

Joriy yilning 3- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv tashkil etildi.

1_7j1a3944

2_7j1a3954

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu Yu hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

3_7j1a3948

4_7j1a3967

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov va BMT Aholishunoslik jamg'armasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu Yu ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish jarayoni, ushbu sohada zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

5_7j1a3964

Uchrashuv ishtirokchilari aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik koʻrish borasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida ham kelishib olishdi.

Matbuot xizmati