Aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berildi

2021- yilning 13- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari Agzam Ikramov va Zohidjon Ziyayev boshchiligida videokonferensiya o‘tkazildi. Tadbir qo‘mitaning Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan, hududiy boshqarmalar xodimlari malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda joriy yil 1–25- noyabr kunlari Xo‘jaobod, Yuqori Chirchiq va Yashnobod tumanlari hamda Xiva shahrida sinov tariqasida o`tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’yicha hududlardagi mavjud muammo va kamchiliklar haqida alohida to’xtalib o’tildi. Xususan, so‘nggi haftalarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha yetarli ish tashkil etaolmayotgan tuman statistika bo‘limlari boshliqlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati