Aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

Sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Ayni paytda mazkur tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Registratorlar uchun o’quv-seminarlari tashkil etildi. Aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish tadbirlarini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan registratorlarga tajribali soha mutaxassislari zarur taklif va tavsiyalar bermoqda.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi.

Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlarga “Aholini ro‘yxatga olish – 2023” logotipi tushirilgan maxsus formalar tarqatildi. 

Matbuot xizmati