Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchi xodimlarni o‘qitish jarayonlari o’z yakuniga yetdi

Avval xabar berganimizdek, 2021- yilning 28- aprel kuni aholini ro’yxatga olish ishlarini sifatli va yuqori darajada tashkil etish maqsadida hududlarda registratorlarni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar boshlangan edi.

30- aprel kuni sinov tariqasida o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish hududlaridagi registratorlarni o’qitish bo’yicha seminarlar o’z yakuniga yetdi.

O’quv jarayonlarida uslubiy ko’nikmalarga ega bo’lgan registratorlar guruhi joriy yilning 3- mayidan boshlab, shahardagi 21 ta mahalla kadastr idoralari taqdim qilgan xaritalar asosida uy-joylar va boshqa obyektlarning ro’yxatini tuzishga kirishadilar.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati