Fuqarolarga aholini ro`yxatga olishning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Joriy yilning 26- aprel kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi tomonidan O‘zneftgazinspeksiyaning Jizzax viloyati bo‘limida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.

Seminarda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

Shuningdek, Zafarobod va Yangiobod tumanlari statistika bo‘limlari tomonidan ham aholini ro’yxatga olish bo’yicha tadbirlar tashkil etdi. Tadbirda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.


Matbuot xizmati