“Аholini ro’yxatga olish” bo‘yicha Navoiy Davlat Institutida seminar o’tkazildi

Joriy yilning 08 fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Roʻxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan Navoiy Davlat institutining Energomexanika fakulteti tаlаbаlаri bilan Oʻzbekiston Respublikasida  2023-  yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida seminar tashkil etildi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berdi.

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

O’tkazilgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

 Axborot xizmati