Joriy yilning 5- fevral kuni Yashnobod tumani O`qchi Olmazor mahallasida Davlat Statistika Qo`mitasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi “Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish” bo`limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.


Unda 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” gi 710– sonli qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.


Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma’lumot berishdi.


Shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlaridagi mas’uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Axborot xizmati

