Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Olot tumani 16- o`rta ta`lim maktabida “Aholini ro`yx atga olish” mavzusida seminar o`tkazildi.

Seminarda Buxoro viloyati statistika boshqarmasining Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.


Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.
Axborot xizmati

