Joriy yilning 3- fevral kuni Do`stlik tuman statistika bo`limi tomonidan tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq 2023- yilda Respublikamizda o`tkaziladigan “Аholini ro`yxatga olish tadbiri to`g`risida” seminar tashkil etildi.



Unda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori mazmun-mohiyati xususida so`z yuritildi.



Tadbir so`ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
Axborot xizmati

