Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini ro`yxatga olish va uni o`tkazish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 3 -fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida boshqarmaning Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Toshkent shahar statistika boshqarmasining Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

 Axborot xizmati