Joriy yilning 1- fevral kuni O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Qoraqalpog`iston akademik litseyida Nukus shahar statistika bo`limi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Nukus shahar statistika bo`limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.


Seminarda, 2023- yilda o`tkaziladigan aholini ro`yhatga olishning tashkiliy rejasini tuzish maqsadida olingan aholi punktlarining sxematik rejalari, manzilli ro`yxatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir bor aniqlik kiritilishu lozimligini ta`kidlab o`tdi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro`yxatga olish varag`i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati

