Sirdaryo viloyati Shirin shaharida aholini ro`yxatga olish bo`yicha seminar tashkil etildi

Sirdaryo viloyati Shirin shahar statistika bo`lim xodimlari tomonidan 1- sonli maktab o`qituvchilariga seminar o`tkazildi.

Unda viloyat statistika boshqarmasining Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi mutaxassislari, universitet mutasaddilari, o`qituvchi hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilarga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

 

Axborot xizmati