Xo`jayli tumani hokimligida navbattagi seminar o`tkazildi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumani hokimligida statistika boshqarmasi boshlig`i T. Ganiev, tuman Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i S. Dursinbetova, mahalla fuqarolar yig`ini  raislari, tegishli korxona va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi.

Seminarda Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

Seminarda, 2023- yilda o`tkaziladigan aholini ro`yhatga olishning tashkiliy rejasini tuzish maqsadida olingan aholi punktlarining sxematik rejalari, manzilli ro`yxatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir bor aniqlik kiritilishu lozimligini ta`kidlab o`tdi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro`yxatga olish varag`i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

                                                                                                                                                                                                Axborot xizmati