Taxiatosh aholini ro`yxatga olish bo`yicha seminar tashkil etildi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimligida Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig`i T. Ganiev, hаmda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i Z. Saparova, mahalla fuqarolar yig`ini  raislari, tegishli korxona va tashkilotlarning rahbarlari seminar  o`tkazildi.

Seminarda Buxoro viloyati statistika boshqarmasining Ro`yxatga olish jarayonlarin tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11-noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha ma`lumotlar berildi.

Shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlaridagi mas`uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

 Axborot  xizmati