Joriy yilning 26- yanvar kuni Bog`dod tumanidagi 1- ixtisoslashgan maktabda aholini ro`yxatga olishi bo`yicha o`quv seminari bo`lib o`tdi.
Unda 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” gi 710– sonli qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda, 2023- yilda o`tkaziladigan aholini ro`yhatga olishning tashkiliy rejasini tuzish maqsadida olingan aholi punktlarining sxematik rejalari, manzilli ro`yxatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir bor aniqlik kiritilishu lozimligini ta`kidlab o`tdi.
Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro`yxatga olish varag`i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati

