Aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi

Joriy yilning 26- yanvar kuni 2023- yilda mamlakatimizda o`tkaziladigan aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag`ishlangan vebinar tashkil etildi.

Unda Davlat statistika qo`mitasi raisi o`rinbosari Mahmudjon Ziyadullayev, Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish boshqarmasi boshlig`i Qobil Berdiqulov, bo`lim boshliqlari, hududiy statistika boshqarmalari hamda tuman va shahar statistika bo`limlari vakillari qatnashdi.

Yig`ilishda kartografik materiallarning sxematik reja va xaritalarning texnik shartlarga mos ravishda tayyorlanganini o`rganish holati ko`rib chiqildi. Aholi soni ko`rsatilgan holda aholi punktlaridagi mavjud xonadonlar ro`yxati bo`yicha shakllantirilgan jadvallarning yangilanish jarayoni bo‘yicha ma’lumot berildi. Xonadon va uylarga raqamlarni o`rnatish holati va aholini ro`yxatga olishning mazmun-mohiyati bo`yicha olib borilayotgan targ`ibot-tashviqot ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish jarayonida nimalarga e`tibor berish lozimligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

 

Matbuot xizmati